Tashqi ishlar vazirligida AQShning ta’lim sohasidagi grantlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQShning Toshkentdagi Elchixonasi bilan birgalikda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan AQSh grantlarining taqdimotini tashkil qildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari ishtirok etdi.
AQSh vakillari fan va ta’lim sohalaridagi joriy loyihalar va bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli rejalar haqida taqdimot qildilar.
Uchrashuv davomida ta’lim tizimini isloh qilish, inson kapitalini mustahkamlash, ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy-texnik jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Yuqoridagi loyihalar, shuningdek, boshqa ta’lim va almashinuv dasturlarini amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.