O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Uganda Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 145-davlat boʻldi.
2024-yil 18-yanvar kuni Kampala shahrida (Uganda) O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A'loyev va Uganda Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uganda TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalish etib belgilangan Oʻzbekistonning tashqi siyosatini hamda davlatimiz rahbari tomonidan xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan tashabbuslarni rasmiy Kampalada yuqori baholashlarini taʼkidladi.