O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi to‘g‘risida
2024-yilning 21-27-fevral kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirildi.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.
Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.