O‘zbekiston TIV rahbari Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan uchrashdi
2024-yilning 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik kun tartibi yanada boyib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik, qator sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Hukumati o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.