O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabari
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘ndirilishi to‘g‘risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz.
O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan Eronlik do‘stlarimizga barcha yordam ko'rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildiradi.