O‘zbekiston-Qirg‘iziston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi to‘g‘risida
2024-yilning 4-8-mart kunlari O‘sh shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2023-yildagi ishlar sarhisob qilindi va 2024-yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar reja-jadval tasdiqlandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish, demarkatsiya xaritasi va maxsus (umumiy) geodeziya tarmog‘ini ishlab chiqish masalalri muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.
Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.