O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha Global alyansga qo‘shildi

O‘zbekiston Respublikasi Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha Global alyansga rasman qo‘shildi. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha global saʼy-harakatlarni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Bu tarixiy qadam global oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq ortib borayotgan muammolar va O‘zbekistonning ochlik, kambag‘allik va tengsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etish istagiga javoban amalga oshirildi. Global alyansga a‘zo bo‘lish O‘zbekistonga tajriba almashish, xalqaro investitsiyalarni jalb etish hamda ushbu dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha boshqa davlatlar va tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunga qadar hujjatlarga 100 dan ortiq davlat qo‘shildi.