Maskat shahrida birinchi O‘zbekiston-O‘mon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 27-iyun kuni Maskat shahrida birinchi O‘zbekiston-O‘mon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda axborot texnologiyalari, kimyo sanoati, transport-logistika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, neft-gaz sanoati, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik kabi eng muhim yo‘nalishlardan 150 dan ortiq ishbilarmonlar qatnashdi. Bu har ikki tomonning hamkorlikni rivojlantirishga intilayotganidan darak berishi taʼkidlandi. Forum O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni kengaytirishga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.