Isroil Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2024-yil 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroil Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.