BMT bosh kotibi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.  

Yuqori martabali mehmon mamlakatimiz boy oʻtmishi, uning istiqlol yillaridagi rivojlanishi va ushbu betakror majmuaning yaratilishi tarixi bilan yaqindan tanishdi.