Afg‘onistonning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonasi yangi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, ishlatilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan yangi loyihalar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
A.G‘.Teraviy O‘zbekiston tomoniga doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Afg‘oniston nomidan minnatdorlik bildirdi.