Xitoy Xalq Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish va ushbu mamlakatga imkon qadar tezroq gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida Afg‘onistonning eng yaqin qo‘shnilari guruhiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan atroflicha fikr almashildi.