Ukraina Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi.
O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.