Ukraina Elchisi bilan uchrashuv

2023-yil 2-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi.

Turli sohalardagi O'zbekiston-Ukraina ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy yo'nalishda aloqalarni jadallashtirish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar ko'rish muhimligi qayd etildi.