TIVda Fransiya Qurolli kuchlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2023-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiya Respublikasi Qurolli Kuchlar vazirligining Yevropa, Shimoliy Amerika va ko‘p tomonlama harakatlar departamenti rahbari Giyom Ollanye boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. 
Muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, afg‘on inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash yuzasidan fikr almashildi. 
G.Ollanye O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit pozitsiyani ishlab chiqishdagi roli, afg‘on aholisiga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish, shuningdek, ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.