Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2023-yil 22-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Muloqot chog'ida tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni, O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari to'g'risida batafsil fikr almashdilar.

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yaqin kunlarda Toshkent shahrida o'tkaziladigan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro ko'rgazmasi misolida ko’rib chiqildi. Shuningdek, rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvali muhokama qilindi.