Tashqi ishlar vazirligida Pokistonning yangi Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2023-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Faruqdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Pokiston oʻrtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalari, shuningdek, mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakllarda boʻlajak tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.