Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalarida rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Pokistonning xalqaro maydonda, xususan, BMT, SHHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.