Tashqi ishlar vazirligida Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gusayn Guliyevni qabul qildi.

Uchrashuvda Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligini O‘zbekistonda keng nishonlash bo‘yicha tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.