Tashqi ishlar vazirligida Norvegiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Norvegiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Kell-Gunnar Eriksen bilan uchrashdi.
K.Eriksen O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini rivojlantirish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga mamlakatni jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Norvegiyaning O‘zbekistondagi Elchisi (qarorgohi Osloda) Jon Mikal Kvistad ham ishtirok etdi.