Tashqi ishlar vazirining yangi oʻrinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq:

– tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A’loyev Baxromjon Jo‘raboyevich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

– Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich va Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

M.Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, R.Nurimbetov esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.