Shanxayda O‘zbekiston-Xitoy biznes muloqoti bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxayda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes muloqotida ishtirok etdi. Tadbirda 70 dan ortiq kompaniyalar, mamlakatimiz viloyatlari rahbariyati, vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatida xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekistondagi yangi tendensiyalar va investitsiyaviy imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazildi hamda ular bilan bevosita muloqot qilindi.