O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

2023-yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mevlut Chavusho‘g‘luning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

M.Chavushog‘lu O‘zbekistonning IHTga raisligi Tashkilot doirasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, uning jahon maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qilganini ta’kidladi.

Bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlariini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy siyosatning boshqa masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.