O'zbekiston va Braziliya TIV rahbarlari diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan tabrik maktublarini almashdilar

Bugun O'zbekiston Respublikasi va Braziliya Federativ Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganiga 30 yil to'ldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mauro Vieyra tabrik maktublari almashdilar.

Xususan, O'zbekiston TIV rahbari o'z maktubida o'zaro hurmat va bir-birini qo'llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan O'zbekiston-Braziliya munosabatlari turli sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi. 

Davlatlararo muloqotga yangi bosqichga ko'tarish zarurligi, shu jumladan siyosiy hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, investitsiya sherikligini kengaytirish qayd etildi. Qishloq xo'jaligi, sanoat, turizm, sog'liqni saqlash, ta'lim, fan va innovatsiyalar sohalarida hamkorlik qilish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi. 

O'z navbatida, Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyraning ta'kidlashicha, so'nggi yillarda O'zbekiston Braziliyaning Markaziy Osiyodagi asosiy sheriklaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlab bormoqda. O'tgan davr mobaynida O'zbekiston va Braziliya o’rtasidagi do'stona aloqalar izchil rivojlanib kelayotir. Uning fikriga ko'ra, bugun ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlari yo'lida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish vaqti keldi.

Shu nuqtai nazardan, M.Vieyra Braziliya hukumatining O'zbekiston bilan ikki va ko'p tomonlama siyosiy muloqotni jadallashtirish, ishbilarmon doiralarning to'g'ridan-to'g'ri aloqalarini kengaytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga tayyorligini tasdiqlaydi.