O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Londonda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi
2023-yil 7-dekabr kuni Londonda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibining parlamentar o‘rinbosari Leo Dokerti, Buyuk Britaniya Bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Endryu Makkubri, Parlamentlararo ittifoqdagi Britaniya guruhi (BGIPU) raisi, Buyuk Britaniya parlamenti deputati Karen Bredli bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy sur’at kuzatilayotgani qayd etildi. Siyosiy muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.