O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston TIV rahbari bilan uchrashdi
2023-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har sohada jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarning keng koʻlamli kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.