O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Bangladesh Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

2023-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Monirul Islomning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Vazir Elchining ushbu yuqori lavozimga tayinlangani bilan qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston va Bangladesh izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatayotgani, maqsadlar mushtarakligi, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zaro aloqalarni barcha sohalarda jadallashtirishga tayyorligi ta’kidlandi.