O‘zbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.
Muzokaralarda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikning borishi, eng avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarni ishlab chiqish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.