O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.
Zilzila qurbonlarining oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg‘on xalqining qayg‘usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.
O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston va uning xalqi bilan bugungi og‘ir damlarda birgadir.