O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2023-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi.
Taʼkidlanganidek, zamonaviy bosqichda O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston Rahbarlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ishonchli va iliq muloqot asnosida hamkorlik jadal surʼatlarda o‘sib borayotir.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlar, vazirlik va idoralar, shuningdek, ikki mamlakat hududlari yo‘nalishida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.
Savdo, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni jadallashtirishning muhimligi eʼtirof etildi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi maʼlum qilindi.
Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.