O'zbekiston-Qirg'iziston hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi
2023-yil 1-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahromjon A'loev Qirg'iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi.
Tomonlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-27 yanvar kunlari Qirg'iz Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini muhokama qildilar. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni so'zsiz amalga oshirish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlarga e'tibor qaratildi.
Turli darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmunli jihatlari ko'rib chiqiladi.
Muzokaralarda hududlararo aloqalarni, shuningdek, madaniyat va ta'lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.