O'zbekiston-Qatar siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi
2023-yil 7-may kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Qatar Davlati tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo'lib o'tdi.
Tomonlar delegatsiyalariga O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahromjon A'loev va Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayhi boshchilik qildilar. Maslahatlashuvlarda siyosat va diplomatiya, savdo va iqtisodiyot, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida O'zbekiston-Qatar hamkorligini yanada jadallashtirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.