O‘zbekiston delegatsiyasi Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashdi.
Iroq tomoni O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro ustuvor sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Iroq tomoni O‘zbekiston mahsulotlarining Iroq bozoriga chiqishi va O‘zbekistondan import turlarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.