Litva Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yil 27-fevral O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Litva Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Gintautas Vasiulisdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Litva munosabatlarini faollashtirishga ikki tomon ham tayyor ekani tasdiqlandi, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.