“Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv to‘g‘risida

2023-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti Yusuf Muhammad al-Alini qabul qildi.

Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani, jumladan, Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini Oʻzbekistonga jalb etish orqali faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investisiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va “Kuwait Investment Co” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.