Iroqdagi uchrashuvlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya 2023-yil 5-6–dekabr kunlari Bag‘dodda Iroq sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid Battol an-Najm, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investitsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Salar Muhammad Amin va Iroq Savdo-sanoat palatasi prezidenti Omir Zalaf Alaviy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika mahsulotlarini Iroq bozoriga yetkazib berishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvlar doirasida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.