IHTga aʼzo davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari kengashi yigʻilishi toʻgʻrisida
2023-yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar yuqori mansabdor shaxslari kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.
Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Pokiston delegatsiyalari hamda IHT Kotibiyati ishtirok etmoqda.
Yigʻilishni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.Sidiqov va tashkilot Bosh kotibi H.Noziriy ochib berdi. IHT Bosh kotibi mazkur uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tashkiliy va mazmunli ishlarni yuqori baholab, mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
Bugun kun davomida tadbir ishtirokchilari 24-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishini amaliy darajada muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini olib boradilar.