Eron Elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi
2023-yil 1-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlagan Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayrobodiyni qabul qildi.
Vazir Elchiga O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.