Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti bilan videokonferensaloqa orqali uchrashuv o’tkazdi.
Muloqot chog’ida 2022-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini kengaytirish yo’lida jadal saʼy-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.