AQSh Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQShning Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonaton Devid Xenik bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, O‘zbekiston va AQShning afg‘on inqirozini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildilar.
Afg‘onistonning yangi hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari bajarilishi, ayniqsa, xotin-qizlarning mehnat va ta’lim olish huquqlari ta’minlanishi zarurligi qayd etildi.