"Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" Vazirlar uchrashuvi to'g'risida

2022-yil 17-noyabr kuni Samarqand shahrida "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" formatidagi Vazirlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari va vakillari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, suv-energetika, ekologik va madaniy-madaniy sohalarda ikki mintaqa o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tadbirning ochilish marosimida so’zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mazkur anjumanning Samarqandda o’tkazilishi qaror Markaziy Osiyo, xususan, Samarqand shahrining mintaqalararo munosabatlardagi yangi "xab" sifatida geosiyosiy ahamiyati ortib borayotganidan dalolat berishini ta'kidladi.

O'zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan o'zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi. Respublik Yevropa ittifoqining 2019-yilda qabul qilingan Markaziy Osiyo bo’yicha strategiyasini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Shu nuqtai nazardan, mazkur strategiyani amalga oshirishni tezlashtirish uchun qo'shma "Yo'l xaritasi" ni qabul qilish muhimligi ma’lum qilindi.

Samarqanddagi Vazirlar uchrashuvi mintaqalararo muloqotning yangi kun tartibini ishlab chiqishga hamda uzoq muddatli istiqbolda samarali hamkorlikning aniq yo'nalishlarini belgilashga imkon berishiga ishonch bildirildi.