Vetnam Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Vetnam Sotsialistik Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Dang Min Kxoyni qabul qildi.
V.Norov Elchining lavozimiga tayinlangani munosabati bilan ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, unga yuksak va mas’uliyatli lavozimida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Vetnam munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar siyosiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga tayyor ekani tasdiqlandi.
Uchrashuv do‘stona va o‘zaro ishonch ruhida o‘tgani qayd etilib, birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonch bildirildi.