Ukraina Elchisi bilan uchrashuv haqida

2022-yil 29-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahrom A'loev Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoni qabul qildi.

Turli sohalardagi O'zbekiston-Ukraina hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, shu jumladan ikki mamlakat biznes sub'ektlariga o'zaro asnoda imtiyoz va preferensiyalar berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.