Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to'g'risida
2022-yil 10-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog'ida O'zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlari o'rtasida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e'tibor qaratildi.
Tez orada savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumat delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida turli sohalarda aniq loyihalar ijrosi ham ko'rib chiqiladi.