Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv haqida
2022-yil 23-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Siddiqov Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yozquli Mammedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O'zbekiston-Turkmaniston yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi bo'lajak tadbirlarga tayyorgarlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Y.Mammedov O'zbekiston tomoniga Elchixona faoliyatini barcha yo’nalishlarida qo’llab-quvvatlayotgani, jumladan, Turkmanistonga turli darajadagi tashriflarni tashkil etish borasida doimiy yordam uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, gumanitar va boshqa sohalarda istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar.
Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.