Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yil 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va TDT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston bilan Tashkilot o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, transport, bojxona, turizm, huquq-tartibot, madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
TDT bilan hamkorlikda mamlakatimizda oʻtkaziladigan tadbirlar jadvali, jumladan, Yoshlar forumi (3-4-iyun, Buxoro), “Qoʻqon xonligining turkiy xalqlar madaniy merosi shakllanishi va davlatchiligi rivojlanishidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya (8-11-iyun, Qoʻqon), qishloq xoʻjaligi vazirlari yigʻilishi va Turkiy agroforumini (3-4-iyul, Toshkent) tashkillashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Tashkilotning 2021-yil 12-noyabr kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan TDT doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Joriy yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining Birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari ham muhokama qilindi.