TIVda AQShning O'zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Pol Polites bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2022-yil 21-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furkat Siddiqov AQShning O'zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Pol Politesni qabul qildi.

Uchrashuvda 2022-yil 13-dekabrda Vashingtonda bo'lib o'tgan O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig'ilishi yakunlari, ta'lim sohasidagi O'zbekiston-Amerika hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

2022-yili O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi o'zaro hamkorlik yakunlari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida yaqin aloqalarni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi, shuningdek yaqin kelajakda qo'shma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishib olindi.