Tayinlov

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrug'i bilan Shahavdinov Oybek Gayratovich O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O. Shahavdinov 1977-yilda Xorazm viloyatida tug'ilgan. 

Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya) hamda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Ingliz, turk va fransuz tillarini biladi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2004-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Vazirlik Markaziy apparati, tasarrufidagi tashkilotlar hamda O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

Bugunga qadar Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo'lim boshlig'i sifatida ishlab kelgan.

Oilali. Uch farzandning otasi.