Tashqi siyosat kengashining yig'ilishi to'g'risida

2022-yil 18-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosat kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida o'tgan tadbirda Kengashning 2021-yildagi faoliyati yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar ko'rib chiqildi. 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda muhokama qilindi.