Tashqi ishlar vazirligida yigʻilish

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokida Tashqi ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-420-son qarori bilan Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan Furqat Sidiqovni tanishtirdi.

F.Sidiqov bungacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-421-son qaroriiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan Bahrom Aʼloyev ham tanishtirildi.

B.Aʼloyev bungacha Oʻzbekiston Respublikasining Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlalgan.